19:08 / 25.03.2019
3 142

Urugvay milliy terma jamoasi China Cup 2019 gʻolibi boʻldi

Urugvay milliy terma jamoasi China Cup 2019 gʻolibi boʻldi
Xitoyning Nanning shahrida China Cup 2019 xalqaro turniri yakunlandi.
Finalda Urugvay milliy jamoasi Tailand milliy jamoasi bilan bellashdi va 4:0 hisobidagi yirik gʻalabani qoʻlga kiritdi. Gollar Vesino, Pereyra, Stuani va Gomes hisobiga yozildi.

Avvalroq, 3-oʻrin uchun oʻtgan bahsda Oʻzbekiston milliy jamoasi Xitoy milliy jamoasini 1:0 hisobida yenggan edi.

Urugvay turnir yarim finalida aynan Oʻzbekistonni dogʻda qoldirgandi (3:0).
Urugvay milliy terma jamoasi hujumchisi Stuani 3ta gol bilan musobaqa toʻpurari boʻldi.

China Cup 2019
Final
25 mart, Nanning
Tailand – Urugvay 0:4
Gollar:
Vesino (6), Pereyra (38), Stuani (58), Gomes (88)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Urugvay milliy terma jamoasi China Cup 2019 gʻolibi boʻldi