09:33 / 26.03.2019
2 790

Angliya va Fransiyadan yirik hisobda gʻalaba qozonishdi (video)

Angliya va Fransiyadan yirik hisobda gʻalaba qozonishdi (video)
Yevropa chempionatining 2020 yil boʻlib oʻtadigan musobaqasi saralash bosqich 2-turida Angliya mehmonda Chernogoriya bilan kuch sinashdi va unda yirik hisob bilan tumanli albion vakillari zafar quchdi. Fransiya esa oʻzida Islandiyaga imkon qoldirmadi.

Angliya – Chernogoriya oʻyinida hisob 17-daqiqada ochildi Marko Veshovich maydon egalarini oldinga olib chiqdi. 30-daqiqaga kelib Maykl Kin oradagi farqni yoʻqqa chiqarrib hisobni tenglashtirdi. Tez orada Xadson-Odoi inglizlarni oldinga olib chiquvchi golni kiritdi. Ikkinchi boʻlimda Ross Barkli dubl qayd etib qoʻydi. Yana bittadan gollarni Xarri Keyn va Raxim Sterling oʻz hisobiga yozib qoʻyishdi.

Fransiya – Islandiya uchrashuvida hisob 12-daqiqadayoq ochildi. Fransiyalik himoyachi Samuel Umtiti birinchi gol muallifi. 68-daqiqaga kelibgina Olivye Jiru oradagi farqni ikkitaga yetkazdi. Oʻn daqiqa oʻtib esa “PSJ” hujumchisi Mbappe uchinchi golni urdi. Oʻyindagi soʻnggi gol Grizmann oʻzi hisobiga rasmiylashtirdi.

Yevro-2020 Saralash bosqichi 2-tur
Chernogoriya – Angliya 1:5 (1:2, 0:3)
Gollar:
1:0 – 17 Veshovich, 1:1 – 30 Kin, 1:2 – 38 Barkli, 1:3 – 59 Barkli, 1:4 – 71 Keyn, 1:5 – 80 Sterling.
Chernogoriya – Petkovich, Marushich, Savich, Stoykovich, Veshovich (Bolyevich, 70), Vukchevich, Ivanich, Tomashevich, Simich (Yovovich, 74), Mugosha, Bechiray (Yankovich, 61).
Angliya – Pikford, Uoker, Rouz, Kin, Rays, Xadson-Odoi, Barkli (Uord-Prouz, 82), Sterling, Alli (Xenderson, 64), Maguayr, Keyn (Uilson, 83).
Ogohlantirishlar: Barkli (52), Xenderson (90), Bolyevich (90), Rouz (90).


Fransiya – Islandiya 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar:
1:0 – 12 Umtiti, 2:0 – 68 Jiru, 3:0 – 78 Mbappe, 4:0 – 84 Grizmann.
Fransiya – Loris, Pavar, Umtiti, Varan, Kurzava (Kimpembe, 85), Kante (Lemar, 80), Pogba, Matyuidi, Jiru (Sissoko, 90), Grizmann, Mbappe.
Islandiya – Xalldoursson, Sigurdsson, Ingason, Magnusson, Arnason, Siguryonsson (Traustason, 57), Gunnarsson, Sigurdsson, Byarnason, Gudmundsson (Finnbogason, 62), Sayvarsson (Skulason, 84).
Ogohlantirishlar: Byarnason (51), Grizmann (90).


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliya va Fransiyadan yirik hisobda gʻalaba qozonishdi (video)