10:51 / 26.03.2019
2 961

“Real” Mbappe uchun 280 mln yevro taklif qiladi

“Real” Mbappe uchun 280 mln yevro taklif qiladi
Madridning “Real” klubi rahbariyati Parijning “PSJ” jamoasi hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olishga jiddiy bel bogʻlagan. Bu haqida France Football nashri xabar tarqatdi.

Maʼlumotlarga qaraganda, “Qirollik klub” vakillari yaqin kunlar ichida Mbappe boʻyicha jiddiy taklifni yuborishadi va bu qiymat 280 mln yevro, deya baholanmoqda.

Aynan uni Madridga olib kelish gʻoyasi “Real” prezidenti Florentino Peresning oʻzidan chiqqan. Bundan tashqari, Zinedin Zidan ham ushbu transferni asosiy maqsad ekanligini taʼkidlagan.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” Mbappe uchun 280 mln yevro taklif qiladi