19:20 / 26.03.2019
2 515

Tojikiston bilan durang oʻynagan Oʻzbekiston U-23 Osiyo chempionatiga yoʻllanma oldi

Tojikiston bilan durang oʻynagan Oʻzbekiston U-23 Osiyo chempionatiga yoʻllanma oldi
Bugun U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasidagi Oʻzbekiston U-23 - Tojikiston U-23 uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuv natijasiga koʻra Oʻzbekiston milliy olimpiya jamoasi Toshkentda oʻtgan Osiyo chempionati U-23 saralashining “F” guruhi musobaqasida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, kelasi yil Tailandda oʻtadigan qitʼa birinchiligiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Lyubinko Drulovich qoʻl ostidagi jamoa “Paxtakor” stadionida Usmon Toshev murabbiyligidagi Tojikiston olimpiyachilariga qarshi maydonga tushib, golsiz durangga rozi boʻldi. Natijada jamoalarning guruhdagi uchinchi ishtirokchi – Hindiston bilan oʻyinlari natijasi uchlik gʻolibiga aniqlik kiritdi.

2-oʻrin sohibi Tojikiston ham qitʼa chempionatiga chiqish imkonini saqlab qoldi. Saralashning 11 ta guruhida eng yaxshi koʻrsatkichga ega 4 ta jamoa ham final bosqichida ishtirok etadi.

Osiyo chempionati 2020 yil 8-26 yanvar kunlari Tailandning Bangkok va Patum Tani shaharlarida boʻlib oʻtadi. Unda dastlabki uchta oʻrinni egallagan jamoalar Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqiga ega boʻlishadi.

Oʻzbekiston U-23 - Tojikiston U-23 - 0:0

Oʻzbekiston: 1.Umidjon Ergashev, 2.Islomjon Qobilov, 3.Xojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullayev, 7.Oston Oʻrunov, 8.Islom Kenjaboyev, 9.Jasurbek Yaxshiboyev, 11.Mirjahon Mirahmadov (10.Bobir Abdixoliqov, 55), 15.Oybek Rustamov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Gʻofurov.

Zaxira: 12.Umidjon Hamroyev, 21.Mashhurjon Muhammadjonov, 5.Dilshod Saitov, 6.Nurillo Toʻxtasinov, 13.Sherzod Nasrullayev, 14.Abror Ismoilov, 16.Azizbek Amonov, 17.Suhrob Nurulloyev, 18.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov.

Tojikiston: 23.Rustam Yatimov, 2.Zoir Joʻraboyev, 3.Davlatmir Tabrizi, 5.Manuchexr Safarov, 6.Karomatullo Saidov, 7.Muhammadjon Rahimov (15.Shervoni Mabatshoyev, 90), 9.Sharafjon Solehov, 10.Sheriddin Boboyev, 13.Alisher Barotov, 17.Ehsoni Panshanbe, 18.Daler Yodgorov.

Zaxira: 1.Shohruh Qirgʻizboyev, 16.Fathullo Boboyev, 4.Dorobjon Ergashev, 8.Saidmuxtor Azimov, 11.Amirjon Safarov, 12.Oyatullo Safarov, 14.Tohir Madadustov, 19.Alisher Xolmurodov, 20.Husayin Nurmatov, 21.Sorbon Avgonov, 22.Otabek Karimov.

Ogohlantirishlar: Manuchexr Safarov 5, Oybek Rustamov 22, Muhammadjon Rahimov 43, Karomatullo Saidov 80, Ehsoni Panshanbe 90.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tojikiston bilan durang oʻynagan Oʻzbekiston U-23 Osiyo chempionatiga yoʻllanma oldi