06:00 / 27.03.2019
2 340

Grizmann uchun “Barsa” eshiklari yopildimi?

Grizmann uchun “Barsa” eshiklari yopildimi?
“Barselona” Antuan Grizmannga ortiq qiziqmay qoʻygan, deb yozadi Marca.

Nashr maʼlumotiga koʻra, oʻtgan haftalar davomida fransiyalik futbolchining vakillari “koʻk-anorranglilar” bilan bogʻlanib, oʻyinchining bitimida koʻrsatilgan 200 mln yevrolik transfer summasi 1 iyuldan keyin 120 mln yevroga tushishinimaʼlum qilishgan.

Biroq, oʻtgan yilning yozida Antuanni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi boʻlgan “Barsa”ga endi bu futbolchi kerak emas. Klubdagilar uning vakillariga “Grizmanning poyezdi oʻtib ketib boʻlgan”ini, boshqa bunday imkoniyat boʻlmasligini aytishgan. Hujumchi oʻtgan yili kataloniyaliklar taklifini rad etib, madridliklar bilan bitimini uzaytirgandi.

Qoʻshimcha qilinishicha, endilikda “Barsa”ni “Ayntraxt” hujumchisi Luka Yovich koʻproq qiziqtirmoqda.

Manba: tribuna.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Grizmann uchun “Barsa” eshiklari yopildimi?