Qitʼadoshlarimiz Janubiy Amerika jamoalarini dogʻda qoldirishdi

  • 27 mart 2019, 10:18
  • 533
  • Sport
  • Qitʼadoshlarimiz Janubiy Amerika jamoalarini dogʻda qoldirishdi
    Dunyo boʻylab xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari boʻlib oʻtmoqda. Bugun Osiyo vakillari Janubiy Amerika termalariga qarshi maydonga chiqishdi.
    Jumladan, Yaponiya termasi Nakadzimaning yagona goli evaziga Boliviyani magʻlubiyatga uchratdi.

    Janubiy Koreya boʻlsa, Kolumbiyani 2:1 hisobida yengdi. Son Xin Min 17-daqiqada hisobni ochdi. Umuman olganda qitʼamiz yetakchilari sekin asta dunyo darajasiga chiqishmoqda.

    Oʻrtoqlik uchrashuvlari
    Yaponiya – Boliviya 1:0 (0:0, 1:0)
    Gol:
    1:0 – 76 Nakadzima.
    Yaponiya – Shmidt, Miura, Xatanaka, Nisi, Andzai (Sasaki, 74), Xasimoto, Inui (Nakadzima, 62), Kagava (Minamino, 71), Kobayasi (Sibasaki, 70), Kamada (Sudzuki, 84), Usami (Doan, 62).
    Boliviya – Lampe, Alvares (Vaka, 59), Bexarano, Akin, Kastro (Saavedra, 69), Fernandes, Xustiniano, Djuzino, Vargas (Galindo, 83), Ramalo (Chumasero, 46), Vaka.

    Janubiy Koreya – Kolumbiya 2:1 (1:0, 1:1)
    Gollar:
    1:0 – 17 Son Xin Min, 1:1 – 49 Dias, 2:1 – 58 Li Chje Son.
    Janubiy Koreya – Chjo Xen U, Kim Yen Gvon, Kim Min Chje, Xon Chxol, Kim Mun Xvan, Li Chxon Yen (Na San Xo, 70), Xvan In Bom, Chjon U Yen, Li Chje Son (Kvon Chxan Xun, 61), Son Xin Min, Xvan iy Chjo (Kvon Gen Von, 83).
    Kolumbiya – Arboleda, Borxa, Mina (Murilo, 43), Sanches, Orexuela, Dias, Kuelyar (Barrios, 65), Uribe (Chara, 83), Morelos (Xames, 46), Sapata (Falkao, 61), Vilya (Muriel, 65).
    Ogohlantirishlar: Xvan In Bom (12), Dias (45), Murilo (57), Falkao (89).

    Manba: www.uff.uz

    » » Qitʼadoshlarimiz Janubiy Amerika jamoalarini dogʻda qoldirishdi