10:50 / 27.03.2019
2 275

Messisiz Argentina gʻalaba qozondi, Braziliya esa Chexiyani taslim etdi (video)

Messisiz Argentina gʻalaba qozondi, Braziliya esa Chexiyani taslim etdi (video)
26 mart, seshanba kuni FIFA kunlari doirasida bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.
Shu kuni Lionel Skaloni boshqaruvidagi Argentina terma jamoasi safarda Marokash bilan oʻynadi.

Bellashuvning 83-daqiqasida Anhel Korrea marokashliklar darvozasiga gol urdi va jamoasiga gʻalaba keltirdi. Eslatib oʻtamiz, Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi Venesuelaga qarshi kechgan oʻyinda (1:3) jarohat olganligi sabab mazkur oʻyinda maydonga tushmadi.

23 mart kuni boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida Panama bilan durang oʻynagan (1:1) Braziliya terma jamoasi safarda Chexiya termasi bilan kurash olib bordi.

Oʻyinda mezbon jamoa aʼzosi Devid Pavelkaning 37-daqiqada kiritgan goliga Janubiy Amerika vakillari Roberto Firmino (49), Gabriel Jezusning (83, 90-daqiqalar) gollari bilan javob qaytardi (3:1).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messisiz Argentina gʻalaba qozondi, Braziliya esa Chexiyani taslim etdi (video)