12:30 / 27.03.2019
3 180

“Real” Beyl yuzasidan yakuniy qarorga keldi

“Real” Beyl yuzasidan yakuniy qarorga keldi
“Real” yozda hujumchi Garet Beyl bilan xayrlashadi.

AS nashri maʼlumotiga koʻra, “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiy Zinedin Zidan kelishgan holda uelslik hujumchini sotib yuborishga qaror qilishgan. Qoʻshimcha qilinishicha, bu qaror Garetning mavsum oxiriga qadar qanday oʻyin koʻrsatishidan qatʼi nazar oʻzgarmay qoladi.

Taʼkidlanishicha, “Real” Beyl transferidan iloji boricha koʻproq pul ishlab olmoqchi va bu mablagʻlar klubni kuchaytirish uchun boshqa oʻyinchilarni xarid qilishga yoʻnaltiriladi. Shu bilan birga, hozircha hujumchi ham, uning agenti ham klubdan bu haqda ogohlantirish olmagan.

29 yoshli Garet Beyl Madrid klubiga 2013 yili “Tottenhem”dan 101 mln yevro evaziga kelib qoʻshilgandi. U bu mavsum La Liganing 22ta oʻyinida qatnashib, 8ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi. Uning shartnomasi 2022 yilgacha moʻljallangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” Beyl yuzasidan yakuniy qarorga keldi