Ilgiz Tantashev Polshadagi Jahon chempionatiga taklif etildi

  • 27 mart 2019, 17:55
  • 583
  • Sport
  • Oʻzbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev 25-may 16-iyun kunlari Polsha mezbonligida oʻtkaziladigan futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionatiga zaxira hakami sifatida taklif qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
    Manbada keltirilishicha, Ushbu musobaqaga Osiyo mintaqasidan jami 13 nafar hakam jalb etilgan. Shulardan, 3 nafar bosh hakam, 6 nafar referi assistentlari va 3 nafar VAR boʻyicha ishlaydigan hakamlardir.
    Maʼlumot uchun, 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga Polshaning Gdina, Bdgosh, Lodz, Lublin, Tishi va Bielsko-Biala shaharlari mezbonlik qiladi.

    » » Ilgiz Tantashev Polshadagi Jahon chempionatiga taklif etildi