18:46 / 27.03.2019
2 534

Joze Mourino Fransiyada ish boshlashi mumkin

Joze Mourino Fransiyada ish boshlashi mumkin
“Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
56 yoshli portugaliyalik “Lion” yoki “Monako”da ishlashni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi “Daryo”.

Murabbiy va uning agenti Jorje Mendesh ushbu maʼlumotga hozircha izoh bermadi. Chunki ayni damda ikkala klub ham murabbiyga ega — Bryuno Jenezio va Leonardu Jardim.

Manbada aytilishicha, “Monako” varianti haqiqatdan yiroq, sababi Mourino hamda Jardimning agenti bitta.

Shu bilan birga “Lion” prezidenti Jan-Mishel Olas Jenezio oʻrniga boshqa nomzodlar bilan muzokara oʻtkazganicha yoʻq. Ammo u 2010 yilda Klod Pyuyelni tayinlashdan avval Mourinoga taklif bilan chiqishni xohlaganini aytgandi.

Avvalroq Mourino Liga 1 oʻyinlariga tashrif buyurib, Fransiya chempionatida ishlashi mumkinligini aytgandi.
Eslatib oʻtamiz, Joze Mourino 2018 yilning dekabr oyida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqarilgandi.

Uning qoʻl ostida jamoa 2016/17 yilgi mavsumda Angliya Liga Kubogi hamda Yevropa Ligasi kubogini yutgan, shuningdek, Angliya Superkubogiga ham ega chiqqan. “Yunayted” APLning 2016-2017 yilgi mavsumida 6-oʻrinni, 2017/18 yilgi mavsumda esa 2-oʻrinni egallagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino Fransiyada ish boshlashi mumkin