23:21 / 29.03.2019
2 877

Van der Vart: “Chempionlar ligasida ”Liverpul“ gʻolib boʻladi”

Van der Vart: “Chempionlar ligasida ”Liverpul“ gʻolib boʻladi”
“Tottenxem” sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vart joriy mavsum Chempionlar ligasida kim gʻolib boʻlishi mumkinligini aytdi.

“Baʼzida ”Tottenxem" oʻyinlarini koʻrib, ular Chempionlar ligasida gʻolib boʻlish uchun yaxshi imkoniyatga ega deb oʻylab qolaman. Keyin ular kuchsiz jamoalar bilan qiynalishadi. Biroq ularda yuqori saviyali futbolchilar koʻp. Tarkib kuchli boʻlsa, nega transfer amalga oshirish kerak?

Joriy mavsum Chempionlar ligasida kim gʻolib boʻladi? “Tottenxem” boʻladi deb umid qilaman. Ammo katta ehtimol bilan “Liverpul” gʻalaba qozonsa kerak. Ular juda kuchli" - deydi van der Vart.

“Tottenxem” Chempionlar ligasi chorak finalida “Manchester Siti”, “Liverpul” esa “Portu” bilan oʻynaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Van der Vart: “Chempionlar ligasida ”Liverpul“ gʻolib boʻladi”