09:35 / 30.03.2019
2 609

Mirjalol Qosimov: “Bugun raqib qarshi hujumlardan unumli foydalana olishdi”

Mirjalol Qosimov: “Bugun raqib qarshi hujumlardan unumli foydalana olishdi”
AGMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliga 2-turi doirasida “Qizilqum”ga qarshi kechgan uchrashuvdagi magʻlubiyatdan (1:3) soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Bugun 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan boʻlsak-da, u qadar yomon oʻynamadik, deb oʻylayman. Oʻyinning ilk daqiqalaridan gol oʻtkazib yuborgan boʻlsak-da, birinchi boʻlimda bir qator imkoniyatlarga ega boʻldik. Lekin ulardan unumli foydalana olmadik. Raqib esa xavfli vaziyatlarni samarali yakunlay oldi va yakunda gʻalabaga erishdi.

Ushbu gʻalaba bilan “Qizilqum” jamoasini tabriklayman. Ular bugun 2-raqam ostida oʻynab ham, qarshi hujumlardan unumli foydalana olishdi", - dedi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: “Bugun raqib qarshi hujumlardan unumli foydalana olishdi”