14:45 / 31.03.2019
2 840

Sulsher: “Yana 15 ochko yigʻsak, biz kuchli uchlikdamiz”

Sulsher: “Yana 15 ochko yigʻsak, biz kuchli uchlikdamiz”
Ole Gunnar Sulsher. Foto REUTERS
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher “Uotford” ustidan qozonilgan gʻalabadan (2:1) keyin oʻz fikrlari bilan boʻlishdi.
“Raqibimiz uchrashuvni juda yaxshi boshladi va biz “Uotford”ning tempiga yetishishga harakat qildik. 20-daqiqadan keyin oʻzimni biroz erkinroq xis etdim. Uch ochkoni haqli ravishda qoʻlga kiritdik. Garchand, Markus Reshford aʼlo darajada harakat qilgan boʻlsa-da, jarohati uni hali ham bezovta qilmoqda. Mavsumning yakuniy pallasiga yaqinlashmoqdamiz. Agar qolgan turlarda 15 ochkoni qoʻlga kiritsak, musobaqani kuchli uchlikda yakunlaymiz.” – deydi MYU ustozi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sulsher: “Yana 15 ochko yigʻsak, biz kuchli uchlikdamiz”