Superligada derbilar bahsi: “Bunyodkor”—“Paxtakor”, “Qoʻqon-1912”—“Andijon”

  • 31 mart 2019, 12:55
  • 413
  • Sport
  • Superligada derbilar bahsi: “Bunyodkor”—“Paxtakor”, “Qoʻqon-1912”—“Andijon”
    Bugun futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superligasining 2-turi doirasida soʻnggi 3 ta uchrashuv boʻlib oʻtadi.

    Dastlabki oʻyinda Toshkentning ikki klubi — “Bunyodkor” hamda “Paxtakor” klublari oʻzaro bahsga kirishadi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi. Eslatib oʻtamiz, “sherlar” 1-turda “Lokomotiv”ni 3:1 hisobida magʻlub etgan boʻlsa, “qaldirgʻochlar” safarda “Soʻgʻdiyona”ga imkoniyatni boy bergan edi (1:2).

    Shuningdek bugun Fargʻonadagi “Istiqlol” stadioni vodiy derbisiga mezbonlik qiladi. Unda “Qoʻqon-1912” klubi “Andijon”ga qarshi maydonga tushadi. Avvalgi turda qoʻqonliklar Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan, “Andijon” esa “Qizilqum”ga qarshi durang oʻynagan edi (1:1).

    Roʻziqul Berdiyev qoʻl ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi esa oʻz maydonida Jizzaxning “Soʻgʻdiyona” jamoasini qabul qiladi. Ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi. Maʼlumot uchun, musobaqaning ilk turida qashqadaryoliklar “Dinamo”ni yuta olmagan edi (1:1).

    1. “Bunyodkor”—“Paxtakor” 17:00
    2. “Qoʻqon-1912”—“Andijon” 19:15
    3. “Nasaf”—“Soʻgʻdiyona” 19:15

    » » Superligada derbilar bahsi: “Bunyodkor”—“Paxtakor”, “Qoʻqon-1912”—“Andijon”