13:46 / 31.03.2019
2 856

Boku turnirida bokschilarimizning 8 nafari yarim finalga chiqdi

Boku turnirida bokschilarimizning 8 nafari yarim finalga chiqdi
Ozarbayjon poytaxtida boʻlib oʻtayotgan boks boʻyicha xalqaro musobaqa oʻzining qizgʻin pallasiga kirmoqda. Ayni paytga kelib, musobaqaning yarim final bosqichiga yoʻl olgan barcha sportchilar nomi maʼlum. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Kecha jang qilgan 6 bokschimizdan 4 nafari gʻalaba qozondi va kamida bronza medalini oʻzlariga naqd qilib olishdi.

-52 kg: Foziljon Abdumurodov (Oʻzbekiston) – Oljas Bayniyazov (Qozogʻiston)
-52 kg: Hasanboy Doʻsmatov (Oʻzbekiston) – Abay Kuandikov (Qozogʻiston)
-60 kg: Shukurjon Rahimov (Oʻzbekiston) – Yazgeldi Gurbanov (Turkmaniston)
-69 kg: Iqboljon Xoldorov (Oʻzbekiston) – Giorgi Doliashvili (Gruziya)
-75 kg: Okmurod Gafarov (Oʻzbekiston) – Gular Sarxad (Turkiya)
-91 kg: Madiyar Saidrahimov (Oʻzbekiston) – Rovshan Yagubzade (Ozarbayjon)

Shu tariqa, yarim finalga chiqqan bokschilarimizning umumiy soni 8 tani tashkil qilmoqda: Jasurbek Latipov, Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg), Hasanboy Doʻsmatov (-52 kg), Shukurjon Rahimov (-60 kg), Iqboljon Xoldorov (-69 kg), Xurshid Abdullayev (-81 kg), Madiyar Saydrahimov, va Obidjon Toxirov (+91 kg).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boku turnirida bokschilarimizning 8 nafari yarim finalga chiqdi