09:15 / 01.04.2019
2 913

“Liverpul” soʻnggi daqiqadagi avtogol sabab “Tottenxem”ni taslim etdi (video)

“Liverpul” soʻnggi daqiqadagi avtogol sabab “Tottenxem”ni taslim etdi (video)
Angliya chempionatining 32-tur markaziy oʻyinida “Liverpul” klubi “Enfild”da “Tottenxem” futbolchilarini qabul qildi. Shiddatli kechgan bahsda maydon egalari zafar quchdi.

Juda ham qiziqarli boshlangan oʻyinda “Liverpul” klubi hujumchisi Roberto Firmino hisobni 16-daqiqada ochishga muvaffaq boʻldi. Ikkinchi boʻlimning oʻrtalariga kelibgina Lukas Moura hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning taqdirini hal qilgan golni “Tottenxem” himoyachisi Tobi Alderveyreld Salohning zarbasidan keyin oʻz darvozasiga yoʻllab qoʻydi.

Angliya chempionati 32-tur
“Liverpul” – “Tottenxem” 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 16 Firmino, 1:1 – 70 Lukas Moura, 2:1 – 90, avtogol Alderveyreld.
“Liverpul” – Alisson, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Veynaldum, Xenderson (Origi, 77), Milner (Fabino, 77), Mane, Salax (Lovren, 90), Firmino.
“Tottenxem” – Loris, Rouz, Sanches (Son Xыn Min, 69), Alderveyreld, Trippyer, Alli, Sissoko, Lukas Moura (Devis, 82), Eriksen (Lorente, 90), Vertongen, Keyn.
Ogohlantirish: Lukas Moura (80).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Liverpul” soʻnggi daqiqadagi avtogol sabab “Tottenxem”ni taslim etdi (video)