09:33 / 01.04.2019
3 394

“Nasaf” “Soʻgʻdiyona”ni magʻlub etdi, Kenjaboyev ajoyib gol urdi (video)

“Nasaf” “Soʻgʻdiyona”ni magʻlub etdi, Kenjaboyev ajoyib gol urdi (video)
Oʻzbekiston Superligasining 2-tur soʻnggi oʻyinlaridan birida “Nasaf” oʻz maydonida “Soʻgʻdiyona” futbolchilarini qabul qildi va gʻalaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 6-daqiqadayoq ochilgan boʻlib Dilshod Saitov ilk golni oʻz hisobiga yozib qoʻydi. Nikola Milinkovich 33-daqiqada oradagi farqni yoʻqqa chiqardi va jamoalar tanaffusga shu hisobda chiqishdi. Ikkinchi boʻlimning 53-daqiqasida Bobir Davlatov qarshiliklarni yana bir marotaba oldinga olib chiqdi. Kenjaboyev 79-daqiqada yakuniy hisobni taʼminlab gʻalabani mustahkamladi.

Superligasi – 2019. 2-tur
“Nasaf” – “Soʻgʻdiyona” 3:1
Gollar:
Dilshod Saitov 6, - 1:0. Nikola Milinkovich 33, - 1:1 (Nuriddin Hasanov). Bobir Davlatov 53, - 2:1. Islom Kenjaboyev 79, - 3:1.
“Nasaf” - 1.Umidjon Ergashev, 5.Gʻolib Gʻaybullayev, 8.Dilshod Saitov, 9.Humoyun Murtazoyev, 18.Bobir Davlatov (15.Joʻrabek Mannonov, 89), 19.Sardor Abduraimov, 22.Akmal Mozgovoy, 27.Islom Rashidxonov (17.Doniyor Narzullayev, 86), 28.Xurshidbek Muxtorov, 77.Oybek Bozorov (20.Islom Kenjaboyev, 66), 92.Umarbek Eshmurodov (s).
“Soʻgʻdiyona” - 27.Milan Mitrovich, 3.Iskandar Shoyqulov, 4.Elyor Orifov, 5.Kaxi Maxaradze, 6.Nuriddin Hasanov (8.Siroj Meliyev, 66), 7.Sanjar Rashidov (c), 11.Izzatila Abdullayev (10.Shohruz Norxonov, 58), 17.Doston Toshmatov (9.Oybek Nurmatov, 68), 23.Muhammad Yuldoshev, 91.Nikola Milinkovich, 97.Shahboz Joʻrabekov.
Ogohlantirishlar: Elyor Orifov 24, Humoyun Murtazoyev 24, Sardor Abduraimov 83.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nasaf” “Soʻgʻdiyona”ni magʻlub etdi, Kenjaboyev ajoyib gol urdi (video)