10:04 / 01.04.2019
3 050

Qudratillo Abduqahhorov gʻalabadan soʻng nimalar dedi?

Qudratillo Abduqahhorov gʻalabadan soʻng nimalar dedi?
Kecha Filadelfiyada yaponiyalik Keyta Obarani magʻlubiyatga uchratgan bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov ushbu gʻalabadan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

“Toʻgʻrisini aytsam, bugungi jang men juda qiyin kechdi. Bahs toʻliq 12 raund davom etdi. Jang oʻtkazmaganimga ham deyarli bir yil boʻlgandi. Shu holat ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi, shekilli. Ammo, asosiysi gʻalaba va Xudoga shukrki, jangni oʻz foydamga hal qildim. Endi oldinda turgan janglarga yanada jiddiy tayyorgarlik koʻrishim lozim”, - dedi Qudratillo Olamsport.com saytiga bergan qisqa intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Qudratillo Abduqahhorov ushbu jangda Keyta Obarani ochkolar hisobiga koʻra magʻlub etgandi. Endi u IBF chempionlik kamari uchun rasmiy daʼvogarga aylandi. Ayni paytda ushbu kamar amerikalik Errol Spensga tegishli.

Manba : olamsport.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qudratillo Abduqahhorov gʻalabadan soʻng nimalar dedi?