“Napoli” “Roma”ni sharmanda qildi (video)

  • 01 aprel 2019, 10:13
  • 675
  • Sport
  • “Napoli” “Roma”ni sharmanda qildi (video)
    31 mart, yakshanba kuni futbol boʻyicha Italiya chempionatining 29-turi doirasida 4 ta uchrashuv oʻz nihoyasiga yetdi.
    Turning markaziy oʻyinlaridan birida “Roma” klubi Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Napoli” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

    Oʻyinning 2-daqiqasidayoq neapolliklar yetakchisi Arkadiush Milik rimliklar darvozasini ishgʻol qilgan boʻlsa, 45-daqiqaga kelib Diyego Perotti penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi (1:1).

    50-daqiqada esa Dris Mertens “Napoli”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Bundan tashqari Simone Verdi (55), Amin Yunes (81) ham oʻz nomiga bittadan gol yozdirib qoʻydi (4:1).
    Shu tariqa “Roma” Klaudio Ranyeri qoʻl ostida ketma-ket ikkinchi bor magʻlubiyatga uchradi va ochko yoʻqotdi.

    “Roma” – “Napoli” 1:4
    Gollar:
    0:1 – 2 Milik, 1:1 – 45, penalti Perotti, 1:2 – 49 Mertens, 1:3 – 54 Verdi, 1:4 – 81 Yunes.
    Roma – Olsen, Kolarov, Manolas, Santon, Fasio, de Rossi (Klyuyvert, 82), Kristante, Nzonzi, Perotti (Under, 82), Shik (Dzanolo, 63), Djeko.
    Napoli – Meret, Kulibali, Maksimovich, Xyusay (Malkyui, 68), Mariu Ruy, Allan, Fabian Ruis, Kalyexon, Verdi (Yunes, 74), Mertens (Una, 58), Milik.
    Ogohlantirishlar: Shik (13), Maksimovich (17), Manolas (36), Djeko (37), Milik (43), Kolarov (66).

    » » “Napoli” “Roma”ni sharmanda qildi (video)