08:37 / 03.04.2019
2 569

APL. “Manchester Yunayted” safarda “Vulverхempton”ga yutqazib qoʻydi (video)

APL. “Manchester Yunayted” safarda “Vulverхempton”ga yutqazib qoʻydi (video)
Angliya chempionatining 33-turidan oʻrin olgan “Vulverxempton” hamda “Manchester Yunayted” klublari oʻrtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda 2:1 hisobi qayd etilib, maydon egalarining gʻalabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, Maktomini 13-daqiqada “Qizil iblislar”ni oldinga olib chiqdi. Oradan sakkiz daqiqa oʻtar-oʻtmas Diogu Jota hisobni tenglashtirdi. Oʻyin ham shunga yarasha kechib turdi. Tomonlar birinchi boʻlimni durang bilan yankunlab olishdi.

Ikkinchi boʻlimda hakam Eshli Yangni 57-daqiqada maydondan chetlatdi. Bu oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmadi. 77-daqiqaga kelib, Smolling tomonidan avtogol qayd etildi.
Shu tariqa, Sulsher shogirdlari magʻlubiyat alamini totib koʻrishdi.
Vulverxempton – Manchester Yunayted 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar:
0:1 – 13 Maktomini, 1:1 – 25 Diogu Jota, 2:1 – 77, avtogol Smolling.
Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Bennett, Koudi, Boli, Doerti, Dendonker, Ruben Nevesh (Saiss, 84), Moutinyu, Ruben Vinagre (Kastro, 76), Ximenes, Diogu Jota (Kavaleyru, 73).
Manchester Yunayted – De Xea, Yang, Smolling, Lindelef, Diogu Dalot (Pereyra, 84), Maktomini, Fred (Djons, 65), Pogba, Shou, Lingard, Lukaku (Marsyal, 73).
Ogohlantirishlar: Shou (38), Diogu Dalot (42), Yang (52), Kastro (90).
Chetlatish: Yang (57).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. “Manchester Yunayted” safarda “Vulverхempton”ga yutqazib qoʻydi (video)