09:22 / 04.04.2019
2 732

Zidan: "Futbolchilarimni ayblay olmayman, ular harakat qilishdi"

Zidan: "Futbolchilarimni ayblay olmayman, ular harakat qilishdi"
Madridning "Real" klubi ustozi Zinedin Zidan "Valensiya"dan (2:1) uchralgan mag‘lubiyatdan keyin o‘yin haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Biz havoda kurashni boy berib qo‘ydik. Dastlabki 30 daqiqa yomon o‘ynamagandik. Menimcha, bizga ishonch yetishmadi.
Futbolchilarimni ayblay olmayman, ular harakat qilishdi. Biz kuchli jamoaga qarshi to‘p surdik, mag‘lubiyat har doim og‘ir bo‘ladi.
Biz raqib darvozasiga zarba yo‘llashning uddasidan chiqa olmadik. Lekin, shogirdlarim oxirigacha kurashishdi", - deydi Zidan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan: "Futbolchilarimni ayblay olmayman, ular harakat qilishdi"