09:37 / 04.04.2019
2 819

To‘qqizta gol yoxud "Bavariya" yarim finalda: "Bavariya" - "Xaydenxaym" 5:4 (video)

To‘qqizta gol yoxud "Bavariya" yarim finalda: "Bavariya" - "Xaydenxaym" 5:4 (video)
Germaniya Kubogining chorak finalidan o‘rin olgan "Bavariya" – "Xaydenxaym" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “Alyans-Arena”da kechgan gollar shousida mezbonlar qiyin g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Ucharshuv debyutida Leon Goretska myunxenliklarni oldinga olib chiqdi, biroq oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas Niklas Zyule to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Shundan so‘ng mehmonlar Robert Glatsel va Shnattererlarning gollaridan so‘ng oldinga o‘tib olishdi.

Tanaffusdan keyin tomoshabinlar yana oltita golga guvoh bo‘lishdi. Maydon egalari safida Robert Levandovski dubl qayd etgan bo‘lsa, Tomas Myuller va Serj Gnabrilar bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. Mehmonlar safida Glatsel yana ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, ikkinchi divizion vakilini qiyinchilik bilan mag‘lub etgan myunxenliklar yarim finalga yo‘l olishdi.

Germaniya Kubogi, chorak final
Bavariya – Xaydenxaym 5:4 (1:2, 4:2)
Gollar:
1:0 – 12 Goretska, 1:1 – 26 Glatsel, 1:2 – 39 Shnatterer, 2:2 – 53 Myuller, 3:2 – 56 Levandovski, 4:2 – 65 Gnabri, 4:3 – 74 Glatsel, 4:4 – 77, penalti Glatsel, 5:4 – 84, penalti Levandovski.
Bavariya – Ulrayx, Zyule, Rafinya (Koman, 46), Kimmix, Xummels, Alkantara, Goretska, Xames, Gnabri, Riberi (Boateng, 24), Myuller.
Xaydenxaym – Myuller, Beyermann, Maynka, Bush, Grisbek, Dorsh (Fayk, 52), Toyerkauf (Tomalla, 73), Shnatterer (Multaup, 67), Andrix, Glatsel, Dovedan.
Ogohlantirishlar: Dorsh (40), Levandovski (86), Beyermann (90), Grisbek (90).
Chetlatish: Zyule (13).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » To‘qqizta gol yoxud "Bavariya" yarim finalda: "Bavariya" - "Xaydenxaym" 5:4 (video)