Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksga o‘tmagan, AQShga tiklanish uchun ketgan

  • 04 aprel 2019, 14:10
  • 451
  • Sport
  • Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksga o‘tmagan, AQShga tiklanish uchun ketgan
    Boks bo‘yicha Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksga o‘tdi, degan xabarlar paydo bo‘lgandi. Bu boradagi xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida Kun.uz muxbiri boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonov bilan bog‘landi. Murabbiy Bektemir professional boksga o‘tmayotganini ta’kidladi.

    «Bektemir AQShga professional boksga o‘tish uchun ketgani yo‘q. U belidagi jarohati sabab 6 oy shug‘ullana olmadi. Bu orada biroz vazni ham og‘irlashdi. Shu sabab Kaliforniyaga tiklanish jarayonini o‘tkazish uchun ketdi. Bektemir u yerda 5-6 oy tiklanish jarayonida qatnashadi va Olimpiada saralashiga tayyorlanadi».

    Bektemir 3 aprel kuni AQShga jo‘nab ketgan. Bokschi Kaliforniyada sparring janglarida qatnashadi va o‘zining yuqori formasiga qaytish uchun mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Meliqo‘ziyevning senyatbrda o‘tkaziladigan jahon chempionatida qatnashishi aniq emas, lekin u Tokio Olimpiadasi saralashida qatnashadi.

    » » Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksga o‘tmagan, AQShga tiklanish uchun ketgan