20:31 / 05.04.2019
2 886

«Paxtakor» 95-daqiqada gol urib, «Nasaf» ustidan g‘alaba qozondi

«Paxtakor» 95-daqiqada gol urib, «Nasaf» ustidan g‘alaba qozondi
Superligada 3-turning markaziy uchrashuvi – «Paxtakor»-«Nasaf» o‘yinida mezbonlar g‘alabani ilib ketdi.

O‘yinning 11-daqiqasida Jaloliddin Masharipov oshirgan to‘p Jo‘rabek Mannonovning qo‘liga tegishi natijasida belgilangan penaltidan hisob ochildi – Marat Bikmayev «Paxtakor» safida Superligadagi ilk golini urdi. 2-bo‘limning 8-daqiqasida Vladimir Kozakning avtogolidan keyin hisob tenglashdi.

Ikkinchi bo‘lim jamoalarning navbatma-navbat hujumlari bilan o‘tdi. O‘yin asosiy vaqti yakunlanganida ham tabloda 1:1 hisobi porlab turgandi, ammo hakam to‘xtalishlar o‘rnini qoplash uchun 6 daqiqa vaqt qo‘shib berdi. Ana shu daqiqalarning beshinchisida Yegor Krimets g‘alaba goli muallifi bo‘ldi.

Bu g‘alabadan keyin Shota Arveladze shogirdlari 3 turda 100 foizlik natija ko‘rsatgan holda turnir jadvalida yakkapeshqadam bo‘lib oldi.

Superliga, 3-tur
PAXTAKOR – NASAF – 2:1 (1:0)
Gollar:
Marat Bikmayev (12, pen.) Yegor Krimets (90+5) – Vladimir Kozak (53, avtogol)

Paxtakor: Sanjar Quvvatov, Akrom Komilov, Vladimir Kozak, Yegor Krimets, Farux Sayfiyev, Sadriddin Abdullayev (Sardor Sobirxo‘jayev, 69), Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Javohir Siddiqov (Doston Hamdamov, 77), Jasur Yaxshiboyev (Dragan Cheran, 58), Marat Bikmayev.
Nasaf: Umidjon Ergashev, Umar Eshmurodov, G‘olib G‘aybullayev, Jo‘rabek Mannonov (Dilshod Saidov, 76), Sardor Abduraimov, Islom Rashidxonov (Akmal Mozgovoy, 57), Xurshid Muxtorov, Islom Kenjaboyev (Oybek Bozorov, 63), Doniyor Narzullayev, Bubur Davlatov, Humoyun Murtazoyev.
Ogohlantirishlar: Abdullayev (14), Yaxshiboyev (31).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» 95-daqiqada gol urib, «Nasaf» ustidan g‘alaba qozondi