15:15 / 06.04.2019
2 535

"Paxtakor" - "Nasaf" (2:1) o‘yinidagi hakamlik borasida jonli efirda muloqot tashkil etiladi

"Paxtakor" - "Nasaf" (2:1) o‘yinidagi hakamlik borasida jonli efirda muloqot tashkil etiladi
Xabaringiz bor kecha 3- tur doirasidan o‘rin olgan uchrashuvda "Paxtakor" o‘z uyida "Nasaf"ni qabul qildi.

"Paxtakor" markaziy stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Dastavval 12-daqiqada Marat Bikmayev penaltidan gol kiritib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida hujumga zo‘r bergan qarshiliklar muvozanatni tiklashdi. Bu vaziyatda Vladimir Kozak "Paxtakor" jarima maydoni ichida yuzaga kelgan pala-partishlik natijasida o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Bahs so‘nggida esa Yegor Krimets gol kiritib "sherlar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Bu vaziyatda Yegor ofsaydda turgandek taassurot uyg‘otganini qayd etish joiz.

Bu borada muxlislar-u mutaxassislar orasida bahs va munozaralar ko‘payib ketdi va barcha o‘z munosabatini bildirdi. Jumladan PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jayev o‘zining "Telegram" messenjeridagi kanali orqali "Nasaf" kecha mag‘lubiyatga loyiq bo‘lmaganligini va Hakamlar qo‘mitasi ushbu o‘yinni alohida o‘rganib chiqib, o‘z xulosasini odilona tarzda e’lon qilishi kerakligi borasida o‘z fikrlarini yozib qoldirgan.

O‘zbekiston MTRK "Sport" telekanali direktori Zohid Karimov esa o‘zining "Twitter"dagi rasmiy akkaunti orqali mazkur bahsli o‘yin mutaxassis va mutasaddilar ishtirokida qayta ko‘rib chilishi kerakligini ta’kidladi.

"Paxtakor" - "Nasaf" o‘yinini dushanba kuni sharhlovchi, mutaxassis va O‘FA vakili bilan jonli efirda gaplashmasak bo‘lmaydi. Savollar ko‘payib ketdi. Vaqtini anonsda aytamiz", - deb yozadi Karimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" - "Nasaf" (2:1) o‘yinidagi hakamlik borasida jonli efirda muloqot tashkil etiladi