13:30 / 06.04.2019
3 814

Umid Ahmadjonov: "Babayan o‘yin qildi"

Umid Ahmadjonov: "Babayan o‘yin qildi"
Xabaringiz bor O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan garchi bir umrga futboldan chetlatilgan bo‘lsada, oradan hech qancha vaqt o‘tmay yana o‘zbek futboliga qaytdi. O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov esa SPORTS.uz muxbiri bilan suhbatda ushbu holatga quyidagicha fikr bildirdi.

- Babayanning yana futbolga qaytgani muxlislar orasida katta reaksiya berdi...
- Ha, yaxshilikka yomonlik bo‘lib qoldi. Xorijga ketgani uchun mayli birovni rizqini qirqmaylik deb yaxshilik qilsak, u darrov boshqacha o‘yin qildi. Agarda Babayanni ozgina subuti bo‘lganida bu yerga qaytib kelmasdi. Odamlar orasida esa turli gap-so‘zlar tarqalib ketdi. Muhtaram Prezidentimiz ham kechirimli bo‘lish kerakligi haqida aytyapti, biz ham shunday yo‘l tutgan holda kechirimli bo‘lgandik. Lekin men shu yerda ekanman, uni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yaqinlashtirmayman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov: "Babayan o‘yin qildi"