"Dinamo" so‘nggi daqiqalarda gol urib "Metallurg"ni mag‘lub etdi

  • 06 aprel 2019, 18:39
  • 363
  • Sport
  • "Dinamo" so‘nggi daqiqalarda gol urib "Metallurg"ni mag‘lub etdi
    Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Metallurg" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
    19-daqiqada maydon egalari kombinatsiya ishlatib raqib jarima maydoniga yorib kirishdi, uni Ixtiyor Toshpo‘latov gol bilan yakunladi. 29-daqiqada mehmonlar stanndart vaziyatni golga aylantirishdi: Muzaffar Muzaffarov darvozabondan qaytgan to‘pni kuchli zarba bilan darvozaga qayta joylab qo‘ydi.

    Ikkinchi bo‘lim ham mezbonlarning faolligida boshlandi, biroq bekobodliklarning hujumlari keskinroq ko‘rindi. 65-daqiqada Tumasyan yaqin masofadan kuchli zarba berdi, biroq Botirali Ergashev mezbonlarni muqarrar goldan saqlab qoldi.

    77-daqiqada Mirkomil Laqoyev mezbonlarni yana oldinga olib chiqishi mumkin edi, biroq uning zarbasini darvozabon egallab oldi. So‘nggi daqiqalarda mezbonar bosimni oshirishdi va bu samarasini berdi.

    Hakam tomonidan qo‘shibberilgan vaqtda maydon egalari ikkinchi golni urishdi. Laqoyevning kuchsiz zarbasini qaytarishda darvozabon xatoga yo‘l qo‘ydi va o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi.

    "Dinamo" - "Metallurg" 2:1
    Gollar:
    Ixtiyor Toshpo‘latov 19, - 1:0 (Amirjon Safarov). Muzaffar Muzaffarov 28, - 1:1. Mirkomil Lokayev 90+1, - 2:1.

    "Dinamo": 1.Botirali Ergashev, 2.Mirkomil Loqayev, 4.Hakimxon A’lamxonov, 6.Akmal Xolmurodov (Siroj Hamroyev, 62), 10.Amirjon Safarov, 16.Bobur Qosimov, 18.Abbos Shodmonov, 19.Sanjar Baratov (Qadamboy Nurmetov, 68), 23.Sardor Eminov, 27.Ixtiyor Toshpo‘latov, 34.Shohruh Abdurahmonov.
    Zaxira: Shoxruh Eshbo‘tayev, Avaz Agaliyev, Jasur Azimov, Nizom Norov, Vohid Shodiyev, Damir Temirov, Dilmurod Karimov

    "Metallurg": 1.Zafar Safoyev, 5.Abbos Otaxonov, 6.Ibrohim Yo‘ldoshev (Server Jeparov, 61) (Muhammad Isayev, 73), 10.Islombek Isoqjonov, 11.Bahrom Abdurahimov, 17.Muzaffar Muzaffarov, 18.Shavkat Mullajonov, 28.Stanislav Andreyev, 30.Andrey Shipilov (Kamoliddin Tojiyev, 32), 55.Akbar Ismatullayev, 70.Sergey Tumasyan.
    Zaxira: Akmal Tursunboyev, Suhrob Nurulloyev, Abror Toshqo‘ziyev, Zohid Abdullayev, Doniyor Usmonov, Bahodir Pardayev.
    Ogohlantirishlar: Muzaffar Muzaffarov 23, Hakimxon A’lamxonov 69, Muhammad Isayev 90, Sergey Tumasyan 90.

    Hakamlar: Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Komil Rasulov.
    Nazoratchi: Konstantin Smirnov.
    Komissar: Azizbek Ergashev.

    » » "Dinamo" so‘nggi daqiqalarda gol urib "Metallurg"ni mag‘lub etdi