19:07 / 06.04.2019
2 701

"Bunyodkor" vodiyda "Navbahor" ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi

"Bunyodkor" vodiyda "Navbahor" ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi
O‘zbekiston chempionatining 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda toshkentliklarning qo‘li baland keldi.

Mehmonlarning ajoyib kombinatsiyasidan keyin raqib himoyachilari qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Jasur Jaloliddinov osonlik bilan darvozani ishg‘ol qildi. 35-daqiqada mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilandi, uni Xurshid G‘iyosov aniq amalga oshirdi.

64-daqiqada namanganliklar penalti ishlab olishdi. 11 metrlik jarima zarbasini Kasyan aniq bajardi. 79-daqiqada "Navbahor" futbolchilari hisobni tenglashtirishdi: Abbosjon G‘ulomov jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo‘lladi.

Biroq oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas poytaxtliklar penaltiishlab olishdi, uni yana G‘iyosov aniq bajardi va dublini nishonladi. 87-daqiqada yana penalti belgilandi, bu safar "Bunyodkor" darvozasi tomon, biroq Kasyanning zarbasini Murod Zuhurov qaytarishga erishdi.

Shu tariqa, "Bunyodkor" qiyin kechgan bahsda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi va Superliga ushbu mavsumida ochko to‘play olmagan jamoa qolmadi.

"Navbahor" — "Bunyodkor" 2:3
Gollar: Jasur Jaloliddinov 3, - 0:1. Xurshid G‘iyosov 36 penalti, - 0:2. Aleksandr Kasyan 63 penalti, - 1:2. Abbos G‘ulomov 79, - 2:2. Xurshid G‘iyosov 83 penalti, - 2:3.
Amalga oshirilmagan penalti: Aleksandr Kasyan 88 (darvozabon).
"Navbahor": 23.Dilshod Hamroyev, 5.Slavko Lukich, 6.Oston O‘runov, 7.Azim Ahmedov, 8.Shahzod Shaymanov (14.Bahodir Nasimov, 55), 9.Ivan Solovyov, 11.Aleksandr Kasyan, 19.Mirzohid G‘ofurov, 32.Jahongir Mehmonov, 55.G‘iyos Komilov, 90.Zafar To‘rayev (70.Abbosjon G‘ulomov, 37).
Zaxira: 1.O‘tkir Yusupov, 25.Mirzohid Mamatxonov, 4.Aziz Ibragimov, 15.Obid Jo‘raboyev, 17.Elman Tagayev, 30.Abdujamol Israilov.

"Bunyodkor": 25.Murod Zuxurov, 3.Islom Qobilov, 4.Sergey Proxorov, 7.Dilshod Ahmadaliyev, 8.Jasur Jaloliddinov (34.Suhrob Izzatov, 56), 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Javohir Qahramonov (27.Abubakr Muydinov, 75), 14.Mirjahon Mirahmadov, 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Nurillo To‘xtasinov, 30.Abdulla Abdullayev.
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 5,Bobur Farhodov, 20.Vladislav Nuriyev, 23.Sanjar Rixsiboyev, 48.Valeriy Akopov, 49.Farruh Ikramov.
Ogohlantirishlar: Sergey Proxorov 8, Zafar To‘rayev 11, Azimjon Ahmedov 19, Oston O‘runov 49, Abdujamol Isroilov 61.

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov, Rustam Lutfullin.
Nazoratchi: Marat Ismoilov.
Komicsar: Erkin Baxtiyorov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bunyodkor" vodiyda "Navbahor" ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi