10:05 / 07.04.2019
2 457

"Barselona" so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga "Atletiko"ni taslim etdi (video)

"Barselona" so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga "Atletiko"ni taslim etdi (video)
Ispaniya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan "Barselona" – "Atletiko" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar zafar quchishdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi, ikkala jamoa ham o‘yinni hujumkor ruhda boshladi. Uchrashuvning 28-daqiqasida madridlilar bir kishi kam bo‘lib qolishdi, Diyego Kosta hakamga keskin e’tiroz bildirdi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Shundan so‘ng o‘yin tempi butkul tushib ketdi, mehmonlar himoyaga e’tibor qaratgan bo‘lsalar, katalonlar kuch tejab harakat qilishdi. Ikkinchi bo‘lim ham shu yo‘sinda boshlandi.

Taym o‘rtalariga kelib mezbonlar faollikni oshirishdi va raqib jarima maydoni oldida bir qator xavfli vaziyatlarni sodir etishdi. Ammo Yann Oblakning seyvlari “Atletiko”ni bir necha bor muqarrar gollardan saqlab qoldi.

“Barsa” futbolchilari 85-daqiqaga kelib o‘z maqsadlariga etishdilar, Luis Suares jarima maydoni tashqarisidan mukammal zarba yo‘llab hisobni ochdi. Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas mezbonlar qarshi hujumga o‘tib ketishdi: raqib jarima maydoniga yorib kirgan Lionel Messi himoyachilarni aldab o‘tgan holda ikkinchi to‘pni kiritdi.

Shu tariqa, “Barselona” ochkolarini 73 taga yetkazib oldi va eng yaqin ta’qibchisi “Atletiko”dan (62) ancha o‘zib ketgan holda chempionlik masalasini deyarli hal qilib qo‘ydi.
La Liga, 31-tur
Barselona – Atletiko 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 85 Suares, 2:0 – 86 Messi.
Barselona – ter Stegen, Pike, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 84), Langle, Alba, Artur (Malkom, 63), Buskets, Rakitich, Koutino (Alenya, 80), Messi, Suares.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Godin, Filipe Luis (Morata, 58), Aryas (Korrea, 35), Saul, Koke, Parti, Rodri Ernandes (Xuanfran, 88), Diyego Kosta, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Parti (27), Ximenes (28), Godin (29), Saul (71), Pike (74), Langle (78), Suares (86).
Chetlatish: Diyego Kosta (28).

Gollarni tomosha qiing:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barselona" so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga "Atletiko"ni taslim etdi (video)