10:19 / 07.04.2019
2 618

"Bavariya" o‘zida "Borussiya D"ga javobsiz 5 ta gol urdi (video)

"Bavariya" o‘zida "Borussiya D"ga javobsiz 5 ta gol urdi (video)
Germaniya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan "Bavariya" – "Borussiya D" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. “Alyans-Arena”da kechgan bahsda myunxenliklar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Tanaffusga qadar maydon egalari raqib darvozasini to‘rt bor ishg‘ol qilishdi. 10-daqiqada Mats Xummuls sobiq jamoasi darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 17-daqiqada Robert Levandovski ham shu ishni bajardi.

41-daqiqada Xavi Martines hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Serj Gnabri jamoasining to‘rtinchi golini urdi.

O‘yin yakunlanishi arafasida mezbonlar beshinchi golni ham urishdi, Levandovski 89-daqiqada dublini nishonladi.
Shu tariqa, “Bavariya” ochkolarini 64taga yetkazib oldi va “Borussiya”ni (63) ortda qoldirgan holda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Bundesliga, 28-tur
Bavariya – Borussiya D 5:0 (4:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 10 Xummels, 2:0 – 17 Levandovski, 3:0 – 41 Martines, 4:0 – 43 Gnabri, 5:0 – 89 Levandovski.
Bavariya – Noyer, Zyule, Alaba, Xummels, Kimmix, Koman (Riberi, 68), Martines (Goretska, 77), Gnabri, Alkantara, Levandovski, Myuller (Sanshesh, 80).
Borussiya D – Byurki, Diallo, Pishchek (Volf, 69), Zagadu (Vaygl, 46), Akandji, Sancho, Dileyni, Bruun Larsen, Vitsel, Roys, Daud (Getse, 62).
Ogohlantirishlar: Zagadu (40), Dileyni (70), Levandovski (70).
E’tiboringizga kiritilgan gollarni havola etamiz:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bavariya" o‘zida "Borussiya D"ga javobsiz 5 ta gol urdi (video)