10:32 / 07.04.2019
2 648

Benzemaning gollari «Real»ga irodali g‘alabani keltirdi (video)

Benzemaning gollari «Real»ga irodali g‘alabani keltirdi (video)
Ispaniya chempionatida 31-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
«Real» o‘z maydonida «Eybar»ni qabul qildi va 2:1 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

39-daqiqada Kardona «Real» himoyachilarining xatosidan foydalanib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Madridliklar 2-bo‘limda o‘yinda burilish yasadilar. 59 va 81-daqiqalarda Karim Benzema to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Bu natijadan so‘ng, «Real» 60 ochko bilan 3-o‘rinda, «Eybar» esa 39 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.

La Liga, 31-tur
Real Madrid – Eybar 2:1
6 aprel, «Santyago Bernabeu» stadioni
Gollar:
0:1 – 39 Kardona, 1:1 – 59 Benzema, 2:1 – 81 Benzema.
Real Madrid – Navas, Odriosola, Nacho, Varan, Regilon, Isko (Braim Dias, 90), Modrich (Vaskes, 76), Asensio, Valverde, Beyl (Kroos, 77), Benzema.
Eybar – Dmitrovich, Xose Anxel, Paulu Oliveyra, Ramis (Orelyana, 54), Kukurelya (Sharles, 84), Eskalante, De Blasis, Alvares, Jordan, Kardona (Penya, 72), Enrik.
Ogohlantirish: Paulu Oliveyra (21).
E’tiboringizga kiritilgan gollarni havola etamiz:

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Benzemaning gollari «Real»ga irodali g‘alabani keltirdi (video)