10:51 / 07.04.2019
2 598

Kanchelskis: "Birinchi bo‘limni ancha bo‘sh o‘tkazdik"

Kanchelskis: "Birinchi bo‘limni ancha bo‘sh o‘tkazdik"
“Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so‘ng namanganliklar ustozi Andrey Kanchelskis quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
- Muxlislarga yoqadigan o‘yin guvohiga aylandik. Uchrashuv gollarga boy tarzda kechdi. “Bunyodkor” jamoasini qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo‘limdagi mazmunsiz o‘yinimiz uchun stadionga tashrif buyurgan ishqibozlardan uzr so‘rayman. Birinchi bo‘limni ancha bo‘sh tarzda o‘tkazdik. Ikkinchi taymda esa ancha o‘yinimiz qovusha boshladi. Ikkita gol kiritishning uddasidan chiqdik. Lekin uchinchisini ura olmadik. Endi kelasi o‘yinga hozirlikni boshlaymiz. Keyingi o‘yinda tarkibda jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi, - dedi murabbiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kanchelskis: "Birinchi bo‘limni ancha bo‘sh o‘tkazdik"