15:10 / 07.04.2019
3 640

O‘zbekistonlik kursant MMA kamari uchun jang olib boradi (foto)

O‘zbekistonlik kursant MMA kamari uchun jang olib boradi (foto)
Bugun, 7 aprel kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi «Archa-beshik» sport majmuasida aralash kurashlarning MMA yo‘nalishi bo‘yicha «Batir bashi» IV etno turniri Gran-prisiga start beriladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilishicha, unda O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasining 4-bosqich kursanti Bekzod Nurmatov ham 84 kg vazn toifasida ringga chiqadi.

6 aprel kuni sportchilarning vaznini o‘lchash va ularni yuzlashtirish marosimi o‘tkazildi.

84 kg vaznlilar o‘rtasida mazkur chempionlik kamari uchun jami 4 nafar sportchi – O‘zbekistondan Bekzod Nurmatov va Abdulaziz Utamurodov, Qirg‘izistondan Jakip Tuganbayev va Qodir Kurstan o‘g‘li chempionlik kamari uchun jang qiladi. Janglar Qirg‘iziston vaqti bilan soat 18.00da boshlanadi.

Oktagonda Bekzod Nurmatovga Jakip Tuganbayev, Abdulaziz Utamurodovga esa Qodir Kurstan o‘g‘li raqib bo‘ladi. Bu qarama-qarshiliklarda ustun kelgan ikki sportchi chempionlik kamari uchun kurash olib boradi.

Shu yilning mart oyida Moskva shahrida joylashgan «Lujnikov» Kichik arenasida «A.A. Xarlampiyev memoriali» nomi ostida o‘tkazilgan sambo bo‘yicha Jahon kubogida 82 kg vazn toifasida jang olib borgan Bekzod Nurmatov finalda rossiyalik raqibi Aslanbek Kodzayevga yutqazgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik kursant MMA kamari uchun jang olib boradi (foto)