21:03 / 07.04.2019
2 127

Van Galning “MYu” haqidagi fikrlari to‘g‘rimi?

Van Galning “MYu” haqidagi fikrlari to‘g‘rimi?
Lui Van Gal yaqinda ko‘p narsalar haqida, xususan sobiq jamoasi “Manchester Yunayted” borasida ham “aytilmagan gaplari”ni so‘zlab berdi.
Yaqinda katta futboldan ketgan murabbiy Ole Gunnar Sulsher qo‘li ostida jamoaning aks tomonlarini ko‘rsatib berdi.

“Odamlar Donald Tramp prezident bo‘lganidan beri yolg‘on xabarlarga ko‘milib qoldik deb o‘ylaydi. Futbolda biz 50 yillardan beri uning ichidamiz.” – degan gollandiyalik mutaxassis. “Mendan keyingi murabbiy (tahr. Mourino) “avtobus himoyasi”dan qarshi hujum taktikasiga o‘tdi. Endi yana boshqa murabbiy “avtobus himoyasi”ni qo‘llamoqda va bir vaqtda qarshi hujumda o‘ynamoqda. Mourino va Sulsher o‘rtasidagi asosiy tafovut bu Sulsher g‘alaba qozonmoqda” – degan BBC ga bergan intervyusida.

Bu Van Galdan kutilmagan izoh bo‘ldi. Haqiqat shuki, norvegiyalik murabbiy “Old Trafford”dagi muhitni va Pol Pogbaning pozitsiyasini o‘zgartira oldi. Xo‘sh, Van Galning gaplarida jon bormi?

Sulsher “avtobus himoyasi”ni qo‘llamoqdami?

Shubhasiz ayni vaqtda “qizil iblislar” Joze Mourino qo‘li ostidaligdan ko‘ra ko‘proq kuch bilan o‘ynamoqda. Ikki qaqshatkich mag‘lubiyatlarga qaramay, muxlislar yaqinda to‘liq bosh murabbiyga aylanib olgan mutaxassisning ishiga optimistik nazar tashlamoqda. Portugaliyalik murabbiyning g‘alabalari ham o‘z vaqtida muxlislarda norozilik kayfiyatini uyg‘otardi. Barchasi yaxshilik sari o‘zgarib bormoqda.

Ammo Sulsher o‘zidan oldingi murabbiyning taktikasini saqlab qoldimi? Keling, bunga bir nazar solaylik. Mourino va Sulsher qo‘li ostida duch kelgan jiddiy raqib – “Liverpul” misolida ko‘rib chiqamiz. 16-dekabr kuni “qizillar”ning “qizil iblislar” ustidan 3-1 hisobidagi g‘alabasi “Real”ning sobiq murabbiyi davri o‘z nihoyasiga yetishiga zamin hozirladi.

Javob o‘yini ikki oy o‘tib yuz berdi va Sulsherning “MYu”si Klopp shogirdlaridan 1 ochko tortib oldi (0-0). Yaxshi natijaligi ravshan. Ammo o‘yin qanday kechdi? “Liverpul” “Enfild”dagi uchrashuvda raqib darvozasi tomon 22 aniq zarba yo‘lladi. Biroq “Old Trafford”da bu ko‘rsatkich 9 taga tushib qoldi. Yana bir marta aytamiz, bu “MYu” foydasiga yaxshi ko‘rsatkich.

Davom etamiz: Klopp shogirdlari Mourino jamoasiga qarshi 64 % to‘p nazoratiga ega chiqqandi. Sulsher kelgach bu 1% ga oshdi va 65 % ni tashkil qildi. Endi bu o‘yinlarda futbolchilarning pozitsion joylashuviga nigoh tashlaylik. “MYu” futbolchilarning ikki o‘yindagi joylashuvi deyarli bir xil. Fakt shuki, ularning yondashuvi “avtobus himoyasi”ni qo‘yish va qarshi hujumda omadini kutish bo‘lmoqda.

Chunki bu “Liverpul”. Mamlakatning ayni paytdagi ikki eng kuchli klubidan biri. “Tottenxem” haqida nima deyishimiz mumkin? “Taqachilar” Mourino jamoasini 3-0 hisobida “yer tishlatdi” Sulsherniki esa 1-0 hisobida g‘alaba qozondi.

“Old Trafford”dagi o‘yinda “o‘zgacha”ning shogirdlari atigi 6 zarba o‘tkazib yuborgandi. “Uembli”da esa bu naq 20 tani tashkil qildi. Faqatgina David De Xeaning super seyvlari hisob yirik ko‘rinish olmasligiga sabab bo‘ldi. “Taqachilar” ham anchagina jiddiy raqib. Agarda “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinni olsak, bu 0-0 dan (Mourino davri) 3-1 hisobidagi g‘alabaga o‘zgardi. Bu statistika Mourino himoyada “avtobus”ni qo‘yganidan darak beradi. Van Galning “o‘zgacha” borasidagi gaplarida jon borligi ko‘rinmoqda.

Nega Sulsher vazifani uddalay olmoqda?

Van Galning tahlili to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, ammo to‘liq emas. U Sulsherning Mourinodan o‘zlashtirgan “darslari”ni topgan bo‘lishi mumkin, ammo uning o‘zi qaysi jihatlarni qo‘shganini tilga olmadi. Uni “g‘olib” degani unchalik to‘liq ma’noni anglatmaydi.

Van Galning bergan to‘liq intervyusi nega Sulsher barchasini izga solganini ko‘rsatib beradi. Afsonaviy murabbiy norvegiyalik hamkasbini “avtobus” qo‘yadi va qarshi hujumda o‘ynamoqda. Sulsherning Mourinodan farkli jihati shu. U hujumchilarga qo‘polroq, tezroq o‘ynashiga imkon bermoqda.

“MYu” Mourino qo‘li ostida 17 Premer Liga o‘yinlarini o‘tkazdi, Sulsher bilan 13 ta. Klub bu o‘yinlarda 59% natija bilan raqibdan to‘pni olib qo‘ymoqda. Oldin bu 56% ga teng edi. Kamroq himoyalanishmoqda, boisi endi to‘p bilan ko‘proq muomala qilishmoqda.

Yangi bosh murabbiy bilan jamoa o‘rtacha bir o‘yinda 11.46 marta zarba yo‘llamoqda va bir o‘yinda o‘rtacha 2.23 gol urmoqda. Bu Sulsherning himoyani unutmagan holda hujumni ham o‘ylayotganidan darak beradi. Bu yomon emas, aslida. Hozirgi tarkib bilan bundan ortig‘ini qilishga ularning kuchi yetmaydi. Ayniqsa bu kuchli klublarga qarshi juda yaxshi samara bermoqda. Van Gal aytganidek, “OAV o‘yinni tahlil qilmaydi, ular natijani tahlil qiladi.”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Van Galning “MYu” haqidagi fikrlari to‘g‘rimi?