"AGMK" klubi "Qo‘qon-1912" darvozasiga 7 ta gol urdi, Polvonovdan penta-trik!

  • 07 aprel 2019, 19:16
  • 576
  • Sport
  • "AGMK" klubi "Qo‘qon-1912" darvozasiga 7 ta gol urdi, Polvonovdan penta-trik!
    O‘zbekiston chempionatining 3-turidan o‘rin olgan “AGMK” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. OKMK stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

    Birinchi bo‘limni mezbonlar faol boshlashdi. 8-daqiqada Jasur Hasanov qo‘qonliklar darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, biroq uning zarbasi bartaraf etildi.

    10-daqiqada mezbonlar o‘z maqsadlariga erishdilar, Hasanov autdan jarima maydonidagi Zafar Polvonovni to‘p bilan ta’minladi. Zafar esa o‘tkir burchakdan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Goldan so‘ng ham mezbonlar bir nechta juda qulay imkoniyatlar yuzaga keldi.

    27-daqiqada mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi, Malikjonov raqib futbolchisiga nisbatan qo‘pol harakat qildi va ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.

    33-daqiqada maydon egalari ikkinchi golni urishdi. Jasur Hasanovning uzatmasini Dilshod Jo‘rayev boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib Zafar Polvonov jamoasining uchinchi golini urdi.

    Ikkinchi bo‘lim debyutida qo‘qonliklar penalti ishlab olishdi, uni Murod Xolmuhammedov aniq bajardi. 72-daqiqada Oybek Rustamov darvoza tomon yo‘llagan zarbani qo‘li bilan qaytarib qoldi va buning uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. Penaltini Jo‘rayev aniq amalga oshirib, dublini nishonladi.

    76-daqiqada Polvonov mezbonlarning beshinchi golini urdi. 80-daqiqada Zafar boshi bilan darvozani ishg‘ol qilib, pokerni nishonladi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Polvonov jamoasining yettinchi, o‘zining beshinchi golini urdi.

    Shu tariqa, Mirjalol Qosimov shiogirdlari ushbu mavsumdagi ilk g‘alabalarini qo‘lga kiritishdi.

    Coca Cola Superliga, 3-tur
    AGMK – “Qo‘qon-1912” 7:1 (3:0, 4:1)
    7 aprel, 17:15, Olmaliq
    Gol:
    1:0 - 10 Polvonov, 2:0 - 33 Jo‘rayev, 3:0 - 37 Polvonov, 3:1 - 56, penalti Xolmuhammedov, 4:1 - 74, penalti Jo‘rayev, 5:1 - 76 Polvonov, 6:1 - 80 Polvonov, 7:1 - 90+1 Polvonov.

    AGMK: 45.Akbar To‘rayev, 4.Mirjamol Qosimov, 5.Dilshod Jo‘rayev, 9.Zafar Polvonov, 11.Zohir Pirimov, 17.Murod Toshmatov (60.Javlon Saydazimov, 46), 19.Jasur Hasanov (8.San’at Shixov, 81), 22.Mirolyub Kostich (37.Sherzod Fayziyev, 79), 23.Akmal Shoraxmedov, 31.Saydullo Rahmatov, 44.Bobur Yo‘ldoshev.
    Zaxira: 32.Suhrob Sultonov, 15.Jasur Hakimov, 20.Mirg‘iyos Sulaymanov, 21.G‘ulomxaydar G‘ulomov, 33.Sardor Raxmonov, 36.Shoxboz Umarov.

    “Qo‘qon 1912”: 89. Boyan Knezevich, 8.Muhammadanas Hasanov (14.Avaz Mamatxo‘jayev, 79), 10. Quvondiq Ro‘ziyev, 13. Javohir Esonqulov, 15. Oybek Rustamov, 16. Jasur Hasanov (55.Milosh Nikolich, 46), 20. Iqboljon Malikjonov, 21.Timur Usmonov (22.Shaxboz Erkinov, 46), 23. Aleksandr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. Murod Xolmuxammedov.
    Zaxira: 1.Islom Abullayev, 25.Sarvar Karimov, 11.Temur Hakimov, 17.Bexruz Sadilloyev, 19.Suhrob Berdiyev, 27.Jasur Yoqubov.

    Ogohlantirishlar: Malikjonov (20),
    Chetlatishlar: Malikjonov (27), Rustamov (75).

    Hakamlar: Sherzod Qosimov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Nayim Qosimov.
    Nazoratchi: Arslon Xotamov.
    Komissar: Laziz Qo‘chqorov.

    » » "AGMK" klubi "Qo‘qon-1912" darvozasiga 7 ta gol urdi, Polvonovdan penta-trik!