19:31 / 07.04.2019
2 854

No‘’mon Hasanov 1:7 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng: "Iste’foga chiqishga tayyorman"

No‘’mon Hasanov 1:7 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng: "Iste’foga chiqishga tayyorman"
Superliga 3-turidan o‘rin olgan AGMK - "Qo‘qon-1912" jamoalari (7:1) o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Hisob yirik ko‘rinish oldi. Olmaliqliklarni g‘alaba bilan tabriklayman. Bunday mag‘lubiyatdan so‘ng gapiradigan gap ham qolmadi.

O‘zim ham bilmayman bugun nimaga bunday o‘ynadik. Qizil kartochka olgan yigitlar ichkarida hozir yig‘lab o‘tirishibdi. Zaxira o‘rindig‘imiz tor va bu ham o‘z so‘zini aytdi.

Faoliyatimda ilk bor, bunday yirik hisobda mag‘lub bo‘lmaganman va iste’foga chiqishga tayyorman. 10 kishi o‘ynaydimi, 9 kishi o‘ynaydimi, bunday natija bo‘lishi kerak emas. Tarixda hisob qoladi", - debi Hasanovning so‘zlarini keltirib o‘tdi SPORTS.uz sayti muxbiri Shahzodbek Xolboyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » No‘’mon Hasanov 1:7 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng: "Iste’foga chiqishga tayyorman"