19:48 / 07.04.2019
3 424

Mirjalol Qosimov 7:1 hisobidagi g‘alaba haqida o‘z fikrini bildirdi

Mirjalol Qosimov 7:1 hisobidagi g‘alaba haqida o‘z fikrini bildirdi
O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan AGMK - "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Albatta, g‘alabadan xursandmiz. Bellashuv avvalidan yaxshi vaziyatlar yaratib, gol kiritishga erishdik. Natijadan qoniqdim, ammo hali o‘z ustimizda ishlashimiz kerak. Bugun raqib 60 daqiqa davomida bizdan kamchilik bo‘lib o‘ynadi va bu ham o‘z so‘zini aytdi.

Futbolda bunday yirik hisoblar ham bo‘lib turadi va murabbiylarning qismati shunday. Futbolda har xil narsa bo‘lishi mumkin.

Men qisqa paslarga asoslangan o‘yinni yoqtiraman. Futbol qiziq narsa va to‘p nazoratiga ega bo‘lib ham mag‘lub bo‘lish mumkin. O‘ylashimcha, bizga hali yana vaqt kerak. Bugun tezroq maqsadga erishib, ikkinchi bo‘limda yoshlarga imkoniyat berishni rejalashtirgan edik", - deb Qosimovning so‘zlarini keltirib o‘tdi SPORTS.uz sayti muxbiri Shahzodbek Xolboyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov 7:1 hisobidagi g‘alaba haqida o‘z fikrini bildirdi