21:11 / 07.04.2019
2 691

"Surxon" safarda "So‘g‘diyona"ni tor-mor keltirdi

"Surxon" safarda "So‘g‘diyona"ni tor-mor keltirdi
O‘zbekiston chempionatining 3-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Surxon” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Jizzaxda bo‘lib o‘tgan bahsda mexmonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Shavkat Salomov o‘zining chiroyli zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, oradan to‘rt daqiqa o‘tib dublini nishonladi.

32-daqiqada Sherzod Hakimov Salomovning uzatmasidan so‘ng hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar faollikni oshirishdi, biroq “Surxon” himoyasini yorib o‘ta olishmadi.

Shu tariqa, “Surxon” mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirgan holda ochkolarini 7taga yetkazib oldi va turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Coca Cola Superliga, 3-tur
"So‘g‘diyona" – "Surxon" 0:3 (0:3, 0:0)
Gollar:
0:1 – 10 Salomov, 0:2 – 14 Salomov, 0:3 – 32 Hakimov.
"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Nuriddin Hasanov, Siroj Meliyev, Shohruz Norxonov (Izzatilla Abdullayev, 54), Doston Toshmatov, Durbek Kamolov, Nikola Milinkovich (Davronbek Umirov, 64), Shaxboz Jo‘rabekov
"Surxon": Asilbek Amonov, Abduqahhor Xojiakbarov, Rahmatullo Berdimurodov, Sherzod Karimov, Shavkat Salomov (Ravshanbek Xursanov, 84), Abror Ismoilov, Vladimir Bubanya, Husniddin G‘ofurov, A’zamjon Aliyev, Darko Stanoyevich, Sherzod Hakimov (Ayubxon No‘’monov, 74)
Ogohlantirishlar: Norxonov 50, Milinkovich 62, Qulmatov 73, Maxaradze 76, Aliyev 78, Orifov 90+3.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Surxon" safarda "So‘g‘diyona"ni tor-mor keltirdi