10:15 / 08.04.2019
3 027

UFC tarixidagi eng “toza” jangchi ma’lum qilindi

UFC tarixidagi eng “toza” jangchi ma’lum qilindi
Irlandidyalik aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregor Mutlaq jangchilik chempionati UFC’ning taqiqlangan moddalar aniqlanmagan, ya’ni manfiy doping-testlari soni bo‘yicha yetakchisi bo‘ldi.

“Toza” jangchilar reytingi AQShning aksildoping agentligi USADA ma’lumotlariga asoslanib tuzilgan. Bu ma’lumotlar bilan UFC vitse-prezidenti Jeff Novitski tvitterda bo‘lishdi. Uning ma’lum qilishicha, Makgregor 49 ta manfiy doping-test topshirgan. Ulardan 11 tasi Makgregordan Floyd Meyuezerga qarshi jang oldidan olingan.

Bu borada 2-o‘rinni UFC’ning og‘ir vazndagi amaldagi chempioni Daniyel Korme egalladi. Uning manfiy doping-testlari soni 45 tani tashkil qilgan. 3-o‘rinni braziliyalik jangchi Rafayel Dos Anos (41 ta manfiy doping-test), 4-o‘rinni amerikalik ayol jangchi Xolli Xolm, 5-o‘rinni yana bir amerikalik jangchi Stipe Miochich egallagan.

30 yoshli Makgregor o‘z faoliyati davomida 21 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan va 4 marta mag‘lubiyatga uchragan. U 2 vazn toifasida UFC chempioni kamarini qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC tarixidagi eng “toza” jangchi ma’lum qilindi