09:38 / 08.04.2019
2 784

"So‘g‘diyona" bosh murabbiyi Sergey Lushan iste’foga chiqarildimi?

"So‘g‘diyona" bosh murabbiyi Sergey Lushan iste’foga chiqarildimi?
Superliganing 3-turi doirasidagi "So‘g‘diyona" - "Surxon" (0:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Sergey Lushan mag‘lubiyatdagi barcha javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi.
Matbuot anjumanida barcha mas’uliyat va javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgan mutaxassis rahbariyatning har qanday qaroriga tayyor ekanligini bildirgandi.

Uchrashuvdan keyin jizzaxlik ishqibozlar internet tarmoqlarida tarqalib ketgan Lushanning iste’fosi bilan bog‘liq turli xil xabarlar yuzasidan bizga qator murojaatlar qilishdi.

Shu boisdan nashrimiz jurnalisti "So‘g‘diyona" bosh murabbiyi Sergey Lushan bilan bog‘landi va vaziyatga oydinlik kiritdi.

Lushanning Shahboz Beg‘amovga ma’lum qilishicha, mutaxassis "Surxon"dan uchralgan mag‘lubiyat javobgarligini o‘z zimmasiga olgan. Bunday o‘yin va natija uchun muxlislardan uzr so‘raydi. Biroq internet tarmoqlarida tarqalib ketgan asossiz va turli mish-mish xabarlar haqiqatdan yiroqligini ta’kidladi.

Ya’ni, ayni paytda Lushan rasman "So‘g‘diyona" bosh murabbiyi sanaladi. Hozircha klub rahbariyati mutaxassisni iste’foga chiqargani yo‘q. Murabbiyga mazkur masala bo‘yicha hech kim bog‘lanmagan. Uchrashuvdan iste’fo haqida hech qanday gap-so‘z bo‘lmagan. Murabbiy shunchaki matbuot anjumanida rahbariyatning har qanday qarorini qabul qilishga tayyorligini bildirgan xolos. Lushan uning jamoadagi kelajagi rahbariyat tomonidan erta yoki indin hal bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Qayd etish kerakki, "So‘g‘diyona" rahbariyati Lushanga jamoa yangi mavsumda kuchli oltitalikka kirishini vazifa qilib belgilagan.

Eslatib o‘tamiz, "So‘g‘diyona" joriy mavsumdagi dastlabki o‘yinni Jizzaxda "Bunyodkor"ga (2:1) qarshi o‘tkazdi va g‘alaba qozondi. Ikkinchi turda esa Qarshida "Nasaf"ga (1:3) imkoniyat boy berildi. Bugun esa Jizzaxda "Surxon" "So‘g‘diyona"dan (0:3) ustun keldi. Ayni paytda "So‘g‘diyona" turnir jadvalida 3 ochko to‘plagan holda 10-o‘rinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "So‘g‘diyona" bosh murabbiyi Sergey Lushan iste’foga chiqarildimi?