19:47 / 08.04.2019
3 888

O‘zbek jang san’ati bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi

O‘zbek jang san’ati bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi
Poytaxtimizdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha I Osiyo ochiq chempionati o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz o‘zbek jang san’ati federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda hamyurtlarimizdan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatidan kelgan 400 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etdi.

Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvlarda Rahmatjon Ahmadjonov, Abdullox Qobuljonov, Kamron Nurmuhammedov, Sabina Sottiyeva, Zarina Sottiyeva, Madina Asilova, Laylo Noboyeva g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy egalladi.

Chempionat yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek jang san’ati bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi