20:20 / 08.04.2019
3 124

O‘zbekiston kursanti Bishkekda MMA kamarini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston kursanti Bishkekda MMA kamarini qo‘lga kiritdi
7-8 aprel kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi «Archa-beshik» sport majmuasida aralash kurashlarning MMA yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi «Batir bashi» IV etno turniri o‘tkazildi.

Turnirda 84 kg vaznlilar o‘rtasida O‘zbekiston sha’nini Qurolli Kuchlar akademiyasining 4-bosqich kursanti Bekzod Nurmatov hamda Abdulaziz Utamurodov himoya qilishdi.

Abdulaziz Utamurodov qirg‘izistonlik raqibi Qodir Kurstan o‘g‘liga qarshi o‘tkazilgan jangda texnik nokaut bilan g‘alabani qo‘lga kiritgan. Bekzod Nurmatov esa yana bir qirg‘izistonlik sportchi Jakip Tuganbayev bilan kechgan bahsning ikkinchi raundida og‘rituvchi usul qo‘llagan holda raqibdan ustun kelgan.

Finalda ikki o‘zbekistonlik sportchi o‘zaro kuch sinashi kerak edi. Ammo, Abdulaziz Utamurodov birinchi jangda oyoq qismida tan jarohati olgani tufayli murabbiylar u jang o‘tkazishiga ruxsat berishmagan va Bekzod Nurmatov avtomatik ravishda g‘olib bo‘lgan.

Bekzod Nurmatov professional faoliyatidagi navbatdagi musobaqada – aralash kurashlarning MMA yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi «Batir bashi» IV etno turniri kamarini bugun, 8 aprel kuni O‘zbekistonga olib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston kursanti Bishkekda MMA kamarini qo‘lga kiritdi