14:20 / 09.04.2019
2 838

O‘zbekistonlik sportchi tailandlik jangchini o‘z vatanida mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekistonlik sportchi tailandlik jangchini o‘z vatanida mag‘lubiyatga uchratdi
2017 yilgi Osiyo o‘yinlari finalchisi, o‘zbekistonlik sportchi Jahongir Husanov Tailandning Pxuket orolida har yili o‘tkaziladigan nufuzli musobaqada raqibini muddatdan avval nokautga uchratdi. Bu haqda Muaytay federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda Muaytay federatsiyasi 1995 yil 1 mayda tashkil etilgan. 2009 yil oktyabr oyida Muaytay federatsiyasi O‘zbekiston havaskor va professional muaytay uyushmasiga aylantirildi.

Muaytay bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan. 1993 yildan hozirgi kunga qadar yurtimizdan 17 nafar jahon chempioni, 11 nafar Osiyo chempioni, 7 nafar Osiyo o‘yinlari g‘oliblari va yana shuncha Butunjahon o‘yinlari chempioni yetishib chiqqan hamda turli toifada 132 medal qo‘lga kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik sportchi tailandlik jangchini o‘z vatanida mag‘lubiyatga uchratdi