20:54 / 09.04.2019
2 910

"Paxtakor" o‘z maydonida "As Sadd" bilan jangovar durang qayd etdi

"Paxtakor" o‘z maydonida "As Sadd" bilan jangovar durang qayd etdi
Hozirgina OChL 3-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» hamda Qatarning «Al Sadd» jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
«Paxtakor» markaziy stadionida kechgan uchrashuvda jangovar durang qayd etildi – 2:2. Dastavval 6-daqiqada Xavi hisobni ochdi

Oradan 3 daqiqa o‘tib Xojiakbar Alijonov o‘zining ajoyib zarbasi bilan muvozanatni tikladi. Ammo 16-daqiqada yana o‘sha Xavi jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda bajarib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim so‘nggida esa Dragan Cheran bosh bilan raqib darvzasini ishg‘ol etdi.

Ikkinchi bo‘limda tomonlar har qancha urunishmasin, gol kiritishning uddasidan chiqishmadi va bahs 2:2 hisobi bilan yakun topdi.

"Paxtakor" – "As Sadd" 2:2 (2:2, 0:0)
Gol:
0:1 - 6 Xavi, 1:1 - 9 Alijonov, 1:2 - 16 Xavi, 2:2 - 41 Cheran
“Paxtakor”: 35. Sanjar Quvvatov, 3. Xojiakbar Alijonov, 7. Sadriddin Abdullayev (Sardor Sobirxo‘jayev, 69), 9. Jaloliddin Masharipov, 10. Dragan Cheran, 11. Igor Sergeyev (Marat Bikmayev, 65), 17. Doston Hamdamov (Javohir Sidiqov, 88), 20. Odiljon Hamrobekov, 23. Sherzod Azamov, 29. Vladimir Kozak, 34. Farrux Sayfiyev.
Zaxira: Hamroyev, Akrom Komilov, Jasur Yaxshiboyev, Marko Simich.

"As Sadd": 22. Meshaal Aissa Barsham, 2. Pedro Korrea, 5. Jung Vu Yon (Salim Al Hajri, 76), 6. Xavi (Ali Asadilla, 82), 11. Bag‘dod Bunedja, 12. Hamid Ismoil Xalifa, 14. Gabriel Luis Arenas, 15. Toqiq Salmon, 16. Bulem Huxi, 66. Yosir Isa (Hasan Al Haydos, 60), 78. Akrom Afif.
Zaxira: Jehad Muhammad, Hassan Ahmad, Meshaal Ibrohim, Bahaa Ellezi.
Ogohlantirishlar: Korrea (32), Afif (47)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" o‘z maydonida "As Sadd" bilan jangovar durang qayd etdi