09:28 / 10.04.2019
2 926

"Lokomotiv" safarda "Al Ittihod"dan alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi (video)

"Lokomotiv" safarda "Al Ittihod"dan alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi (video)
Osiyo Chempionlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan "Al Ittihod" – "Lokomotiv" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Jiddada bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi, ikkala jamoa ham agressiv harakat qilishdi. Xavfli vaziyatlar yaratish borasida vakillarimiz faol bo‘lishdi, biroq yakuniy zarbalarda aniqlik yetishmadi.

26-daqiqada Samirining uzoq masofadan yo‘llagan kuchli zarbasini Ilyosov qiyinchilik bilan bartaraf etdi. Birinchi bo‘limda temp juda sust bo‘ldi va hisob ham shunga yarasha ochilmadi.

47-daqiqada Oleg Zoteyev raqib futbolchisini o‘z jarima maydonchasi ichida to‘xtatib qoldi. Natijada belgilangan penaltini Nosir Al Shamroniy muvaffaqiyatli yakunladi.

Oradan ikki daqiqa o‘tib, Islom To‘xtaxo‘jayev qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va Fahad Al Muvallad darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va imkoniyatni ko‘kka sovurmadi. Goldan so‘ng mezbonlar ishonch bilan harakatlana boshladilar.

70-daqiqada maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmagan Jamshid Iskendarov o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni qisqartirdi. 81-daqiqada Fyodorovning almashtirishi yana o‘z samarasini berdi. Filip Rayevats hisobni tenglashtirdi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Jokich jarima maydoni ichida Romarinoning oyog‘iga tepib yubordi. Natijada yana penalti belgilandi, uni Al Muvallad golga aylantirdi

Guruhning ikkinchi o‘yinida "Al Vahda" safarda "Ar Rayyan"ni mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, guruhdagi vaziyat quyidagicha tus oldi: 1. "Al Vahda" (6); 2. "Al Ittihod" (6); 3. "Ar Rayyan" (3); 4. "Lokomotiv" (3).

"Al Ittihod" – "Lokomotiv" 3:2 (0:0, 3:2)
Gollar:
1:0 - 48, penalti Al Shamroniy, 2:0 - 50 Al Muvallad, 2:1 - 70 Iskanderov, 2:2 - 81 Rayevats, 3:2 - 90+4, penalti Al Muvallad.

"Al Ittihod": Assaf Al Qarni, Abdulloh Al Amar, Yosin Barnaviy, Ziyod Al Sahafiy, Metyu Yurman, Abdulrahmon Al G‘amdiy (Fahad Al Muvallad, 33), Sekou Sanogo, Xolid Al Samiri, Nosir Al Shamroniy (Romarino, 90), Abdulaziz Al Bishiy (Karlos Vilyanueva, 77), Issam Al Muvallad.

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Oleg Zoteyev, Igor Yelich, Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev (Davron Hoshimov, 52), Diyor Turopov (Jamshid Iskanderov, 69), Yovan Jokich, Arslanmurad Amanov, Sardor Mirzayev, Husniddin G‘ofurov, Timurxo‘ja Abduholiqov (Filipp Rayevats, 74).
Zaxira: Ma’mur Ikromov, Aziz Amonov, Avazbek O‘lmasaliyev, Boburbek Ergashev.
Ogohlantirishlar: Zoteyev (47)

E’tiboringizga Al Muvalladning 50-daqiqadagi golini havola etamiz:

E’tiboringizga Jamshid Iskandarovning 70-daqiqadagi ajoyib golini havola etamiz:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Lokomotiv" safarda "Al Ittihod"dan alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi (video)