UЕFA Chempionlar Ligasida chorak finalning birinchi o‘yinlari o‘tkazildi. Unda Angliyaning ikki jamoasi «Tottenhem» va «Liverpul» g‘alaba qozondi va yarim final uchun ilk qadamni tashladi. «Liverpul» chorak finalninng birinchi o‘yinida «Portu»ni qabul qilib 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 5-daqiqadayoq Nabi Keyta hisobni ochgandi. 26-daqiqada Roberto Firmino ham bitta gol urib, farqni ikkitaga oshirdi.
«Tottenhem» esa o‘z maydonida Angliyaning boshqa bir jamoasi «Manchester Siti»ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning birinchi bo‘limida «Siti» yetakchisi Serxio Aguero penaltidan gol ura olmadi. Ugo Loris hujumchining zarbasini qaytardi.
Ikkinchi bo‘limda «Tottenhem» tarkibida ikkita jiddiy yo‘qotish kuzatildi. Avvaliga Fabian Delf bilan to‘qnashib ketgan Xarri Keyn, keyinroq Dele Alli jarohat olib, maydonni tark etishdi. Shunday bo‘lsa-da, Pochettino shogirdlari o‘yinni g‘alabagacha olib borishdi. 78-daqiqada jarima maydonchasida oxirigacha kurashgan Son Xyon Min himoyachilarni aldab, chiroyli gol urdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.
LIVERPUL – PORTU 2:0
Gollar: Keyta (5), Firmino (26).
Liverpul: Alisson, van Deyk, Lovren, Aleksander-Arnold, Henderson, Milner, Keyta, Fabino, Mane (Origi, 73), Saloh, Firmino (Starrij, 82).
Portu: Kasilyas, Felipe, Telles, Maksi Pereyra (Fernando, 77), Eder Militao, Oliver Torres (Brunu Koshta, 73), Danilu Pereyra, Marega, Otavio, Korona, Soares (Braimi, 62).
Ogohlantirishlar: Soaresh (17), Felipe (61).
TOTTENHEM – MANChESTER SITI 1:0
Gol: Son Xyon Min (78).
Tottenhem: Loris, Alderveyreld, Rouz, Tripper, Vertongen, Eriksen, Uinks (Vanyama, 81), Alli (Lorente, 87), Sissoko, Keyn (Lukas Moura, 58), Son Xyon Min.
Manchester Siti: Ederson, Laport, Otamendi, Uoker, Delf, Silva (de Bryuyne, 89), Fernandino, Marez (Sane, 89), Gyundogan, Sterling, Aguero (Gabriel Jezus, 71).
Ogohlantirishlar: Rouz (12), Laport (28), Marez (59). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?