09:01 / 11.04.2019
2 997

“Barselona” safarda “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etdi (video)

“Barselona” safarda “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etdi (video)
Yevropa Chempionlar ligasining 1/4 final ilk bahsidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" – "Barselona" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi va o‘rtacha tempda davom etdi. Bahsning 12-daqiqasida katalonlar hisobni ochishdi, Lionel Messidan pas qabul qilib olgan Luis Suares to‘pga zarba berdi, uning zarbasi Lyuk Shouga tegib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozadan joy oldi.

Shundan so‘ng mezbonlar biroz faollikni oshirishdi, ammo tanaffusga qadar raqib darvozasi tomon yo‘l topa bilmadilar.

Ikkinchi bo‘limda ham xuddi shu ssenariy davom etdi. Mankunianlar xarchand urinishmasin o‘yin natijasini o‘zgartira olishmadi. Qizig‘i maydon egalari darvoza tomon birorta aniq zarba yo‘llay olishmadi.
Shu tariqa, ko‘k-anorranglilar javob bahsi oldidan qulay imkoniyatga ega bo‘lishdi.

Yevropa Chempionlar ligasi, chorak final
Manchester Yunayted Angliya – Barselona Ispaniya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol:
0:1 – 12, avtogol Shou.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Lindelef, Shou, Yang, Pogba, Fred, Maktomini, Diogu Dalot (Lingard, 74), Reshford (Pereyra, 85), Lukaku (Marsyal, 68).
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Artur (Serdji Roberto, 66), Buskets, Rakitich, Koutino (Vidal, 65), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Buskets (17), Shou (19), Vidal (71), Lingard (76), Smolling (85).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” safarda “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etdi (video)