17:40 / 11.04.2019
3 661

Habib: «Meyvezer bilan kechadigan jangimni odamlar yuz yildan keyin ham eslab yuradi»

Habib: «Meyvezer bilan kechadigan jangimni odamlar yuz yildan keyin ham eslab yuradi»
Foto: talkSPORT
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Floyd Meyvezer bilan boks uchrashuvi o‘tkazishga tayyorligini aytdi, ammo u Saul Alvaresga qarshi ringga ko‘tarilishni istamayapti, deb xabar beradi «Daryo».
Kanelo Alvaresni misol qilib oladigan bo‘lsak, unga qarshi kurashlarsiz, toza boks qoidalari bo‘yicha jang qilish men uchun oson kechmaydi. Bu mutlaqo boshqa sport. O‘zimning haqiqiy imkoniyatlarimni bilaman.

Floyd Meyvezerga keladigan bo‘lsak, u bilan jang qilsa bo‘ladi. Chunki u 42 yoshda, biroz qari. Bu butun umrga, asrga tatigulik jang bo‘ladi. 100 yildan keyin ham UFC chempioni Habib Nurmagomedov boks bo‘yicha jahon chempioni Floyd Meyvezerni mag‘lub etganini odamlar eslashadi.

Bu yerda tavakkal qilsa bo‘ladi. Faqatgina bitta jang, faqatgina Meyvezer bilan. Mazkur jangni bu yil o‘tkazishni o‘ylamayapman. 2019 yil UFC’da jang qilishni rejalashtirmoqdaman.

Habib Nurmagomedov, yengil vazn toifasida UFC chempioni

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib: «Meyvezer bilan kechadigan jangimni odamlar yuz yildan keyin ham eslab yuradi»