09:12 / 12.04.2019
2 842

“Benfika” o‘zida “Ayntraxt”ni 4:2 hisobida taslim etdi (video)

“Benfika” o‘zida “Ayntraxt”ni 4:2 hisobida taslim etdi (video)
Yevropa Ligasi musobaqasining chorak final ilk bahsidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.
“Benfika” va “Ayntraxt” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin gollarga boy bo‘ldi. Nemislar 20-daqiqadayoq bir kishi kam bo‘lib qolishdi.

Mezbonlar safida 19-yoshli futbolchi Joau Felish xet-trik qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Ruben Diash muallif bo‘ldi. Frankfurtliklar safida Luka Yovich va Gonsalu Pasiyensiyalar to‘p kiritishdi.
Yevropa Ligasi
Chorak final, ilk o‘yin
Benfika Portugaliya – Ayntraxt F Germaniya 4:2 (2:1, 2:1)
Gollar:
1:0 – 21, penalti Joau Felish, 1:1 – 40 Yovich, 2:1 – 43 Joau Felish, 3:1 – 50 Diash, 4:1 – 54 Joau Felish, 4:2 – 72 Gonsalu Pasiyensiya.
Benfika – Vlaxodimos, Diash, Grimaldo, Korshya (Pitssi, 66), Jardel, Rafa Silva (Seferovich, 60), Jedson Fernandesh, Servi, Samaris (Jivkovich, 85), Joau Felish, Feysa.
Ayntraxt F – Trapp, Abraam, Xinteregger, da Koshta, Ndika, Xasebe, Kostich, Fernandes, Rode (Gachinovich, 85), Rebich (Gonsalu Pasiyensiya, 68), Yovich (de Guzman, 60).
Ogohlantirishlar: Yovich (4), Rebich (26), Samaris (82).
Chetlatish: Ndika (20).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Benfika” o‘zida “Ayntraxt”ni 4:2 hisobida taslim etdi (video)