Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi – IWF xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi, jahon chempionati sovrindori Rustam Jangaboyevning doping namunasi o‘sish gormoni (hGH) bo‘yicha salbiy tahlil natijalarini bergan.
11 aprel kuni IWF saytida joylashtirilgan xabarda aytilishicha, Jangaboyev antidoping qoidalarini buzgani uchun sportdan vaqtincha chetlatildi.
Qayd etilishicha, agar sportchi antidoping qoidalarini buzmagani aniqlansa, unda bu haqdagi tegishli qaror ham e’lon qilinadi.
IWF ish yuzasidan surishtiruv jarayoni yakunlanguniga qadar qo‘shimcha ma’lumot bermasligi aytiladi.
Ma’lumot uchun: Rustam Jangaboyev 1993 yil 25 avgust kuni tug‘ilgan, musobaqalarda 105 kilogrammdan yuqori vazn toifasida qatnashadi. 2018 yilgi jahon chempionati sovrindori, 2017 yil Ashxabodda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlari chempioni, Rio-de-Janeyrodagi yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi